To‘rtko‘l tumanida yashagan B.J. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasini «Buxoro—Xorazm» avtomobil yo‘lining 409-kilometrida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan X.A. boshqaruvidagi DAF yuk mashinasining tirkamasiga urilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirildi.
Kelib chiqqan yong‘inda Isuzu yuk avtomashinasining saloni to‘liq yonib, haydovchi B.J. va yo‘lovchi — ukasi G‘.J. voqea joyida halok bo‘ldi.
Manba: daryo.uz