Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxorodagi xonadonda gaz balloni portlab ketdi

Buxorodagi xonadonda gaz balloni portlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Romitan tumani Quyi Mirishkor qishlog‘idagi xonadonda gaz balloni portlab, yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Xabarlarga ko‘ra, xonadon vakillaridan biri yarim tunda oshxonaga kirganda, chiroqni yoqqan. Va kutilmaganda falokat yuz bergan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa joriy yilning 27 avgust kuni soat 00:05da Romitan tuman “Attaron” MFY, Qo‘yimirishkor qishlog‘ida sodir bo‘lganini tasdiqladi.

Yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Romitan tuman FVBga xabar kelib tushgan. Xabar yuzasidan fuqaroga tegishli 1 ta yashash uyining 81 kv.m maydonda tom qismi va uy jixozlari yongan. Yong‘in soat 01.40da to‘liq bartaraf etilgan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, fuqarolarning kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Kiritildi: 12:27 28.08.2022. O'qildi: 2369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!