Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxorodagi tamaddixonada mijozning likopchasidan qoradori topildi

Buxorodagi tamaddixonada mijozning likopchasidan qoradori topildi

G‘ijduvon tuman IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida Kogon tumani hududida joylashgan tamaddixonada G‘ijduvon tumani, Pamo‘za mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan M.Y. gumonlanib tekshirildi.

Tekshiruvda u ovqatlanayotgan stoldagi oshxona likopchasidan 0,23 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. Tushlikni «o‘zgacha» o‘tkazishni niyat qilgan shaxsning qilmishi amalga oshmay qoldi.

Holat yuzasidan M.Y.ga nisbatan JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 09:13 09.08.2019. O'qildi: 2095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!