Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Buxorodagi masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Buxorodagi masjidda yong‘in sodir bo‘ldi

Buxoro viloyatining Kogon shahridagi Alisher Navoiy nomli masjid binosida payvandlash xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchi dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, masjidda yong‘in kecha, 31 oktyabr kuni soat 16:40 da sodir bo‘lgan.

Qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgunga qadar yordamchi binoning 35 metr/kvadrat tom qismi yongan. Yong‘in binodagi payvandlash ishlarida xavfsizlik qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgan hudud qutqaruvchilar tomonidan soat 16:46 da o‘rab olingan hamda soat 17:00 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish va tan jarohati olishi kuzatilmagan.

Kiritildi: 19:40 01.11.2020. O'qildi: 2912 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!