Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Buxorodagi kuchli yomg‘ir qanday oqibatlarga olib keldi?

Buxorodagi kuchli yomg‘ir qanday oqibatlarga olib keldi?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi joriy yilning 9 aprel kuni Buxoroda kuzatilgan kuchli yomg‘ir oqibatlari haqida ma’lumot berdi.

Soat 04:00larda boshlangan kuchli yomg‘ir natijasida Buxoro shahrining Amirobod , Hofiz Tanish Buxoriy , Rohat , Chorboqoli , Mirzo G‘ofur , Havzinav , Ozod , Nizomiy , Tursunoy , Kamolot , Tinchlik , Yangiobod , Tagband Bofon , Furqat Xo‘ja Porso ko‘chalari, shuningdek, Buxoro tumani Sheyxoncha ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatilgan.

Bundan tashqari, Havzinav ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, Bo‘ri Bofon ko‘chasidagi 23-uy, Obod ko‘chasidagi 74-uy, Rohat ko‘chasidagi 31-uy, Ko‘chabog‘ ko‘chasidagi 20-uy, Toshko‘cha ko‘chasidagi 80-uy, Mirzo G‘ofur ko‘chasidagi 19-uy, Mustaqillik ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etilgan.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat Suvoqava DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmagan.

Kiritildi: 10:53 10.04.2019. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!