Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda yo‘l talashib mushtlashgan haydovchiga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Buxoroda yo‘l talashib mushtlashgan haydovchiga ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Buxoro viloyatida Epica haydovchisi yo‘l bermagani uchun Spark haydovchisi bilan janjallashdi. Bu haqda Vobkent tumani IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi, mayor Behzod Fayzullayev ma’lum qildi.

Aytilishicha, fuqaro J.J. o‘zining Spark’ida yo‘lning beton to‘siqqa yaqin qismidan harakatlanayotgan vaqtda orqada Epica boshqarib kelayotgan fuqaro M.B. yo‘l so‘rab, uzoqni yorituvchi chiroqlarni yoqib o‘chirgan.

Biroq o‘ng tomonida ham boshqa avtotransport vositalari harakatlanib kelayotgani sababli Epica’ga yo‘l berolmadi. U Spark’ni quvib o‘tib, qo‘li bilan imo-ishoralar qilib, avtomashinani to‘xtatishni so‘radi.

Epica haydovchisi mashinadan tusha solib o‘shqirib, haqoratlashga tushdi. Spark haydovchisi bunga javoban jahli chiqib, uning yuziga musht tushiradi. Keyin yana ketma-ket ikki marotaba uradi, — deyiladi xabarda.

Tergov jarayonida Spark haydovchisi aybiga iqrorlik bildirgan. Unga sud hukmi bilan ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan ikki yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 18:05 23.05.2024. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!