Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda qo‘y o‘g‘rilariga sud hukmi o‘qildi

Buxoroda qo‘y o‘g‘rilariga sud hukmi o‘qildi

Sudlanuvchi H.U.R.o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, J.M.U bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2019 yil 20 dekabr kuni taxminan soat 20:00larda .....tumani “Amirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, .... qishlog‘ida joylashgan SH.SH.ning yashash uyiga devordan oshib o‘tib, g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlidagi qo‘yxonada turgan SH.SH.ga tegishli har birining bahosi 1.500.000 so‘mdan 6 (olti) bosh hisori zotli qo‘ylarni yashirin ravishda talon-toroj qilib, jabrlanuvchiga jami 9.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishgan.

Sudlanuvchi H.U.R.sud majlisida, aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, dastlabki tergovdagi ko‘rsatuvlarini to‘liq tasdiqlashini, u ustachilik qilib, tirikchilik qilib kelishini, 2019 yil 19 dekabr kuni ertalab soat 17:30 larda o‘zi yashab kelayotgan ...... qishlog‘ida tanishi M.J.ni ko‘rib qolib, ikkalasi suhbatlashganligini, shunda u M.J.ga SH.SH.uyida 6 bosh qo‘y borligini, qo‘ylar SH.Z.ekanligini, ushbu qo‘ylarni o‘g‘rilab sotishni, qo‘ylarning pulidan M.J.ga ham berishini aytganligini, M.J bunga rozi bo‘lib, faqat ko‘cha tashqarisiga qarab turishni, o‘zi qo‘ylarni o‘g‘rilab olib chiqishni bildirganligini, 2019 yil 20 dekabr kuni soat 08:30 o‘zining 00-000-00-00 raqamli telefonidan tanishi M.J.ning 00-000-00-00 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, SH.SH.ning uyida biror kishi bor-yo‘qligini aniqlab berishni so‘raganligini, shunda M.J unga SH.SH.ga uyiga kelmasligini, ....... shahrida yashayotganligini, SH.Z har kuni ertalab soat 08larda, so‘ng soat 16 va 17 larda hovliga kelib, qo‘ylarga qarab ketishini ma’lum qilgach, u o‘sha kunning o‘zida, ya’ni 2019 yil 20 dekabr kuni soat 16:30larda M.J.ning uyiga borib, qo‘ylarni o‘g‘rilashga kelishib olishganligini, shu kuni soat 20larda M.J.ning uyiga kelganligini, M.J ko‘cha boshiga borib, yon atrofga qarab turganligini, agar biror kishi ko‘rinsa, M.J unga xabar berishi kerak bo‘lganligini, atrofda biror kishi bo‘lmaganligini, keyin u SH.SH.ning hovlisiga borib, devordan oshib, ichkariga kirib, qo‘yxona tomon borganligini, qo‘yxonada 5 bosh hisori qo‘y va 1 bosh duragay qo‘chqor, jami 6 bosh qo‘ylar bo‘lganligini, u qo‘ylarni ip bilan bog‘lab, kichkina eshik orqali hovlidan olib chiqqanligini, keyin qo‘ylarni uyiga olib borganligini, buni tanishi M.J.dan boshqa biror kishi ko‘rmaganligi va bilmaganligini, so‘ng tanishi M.J ham uning uyiga kelganligini, shunda u M.J.ga qo‘ylarni sotib, pullarini o‘zaro bo‘lib olishni aytganligini, keyin tanishi A.J.ga telefon orqali qo‘ylarni sotib berishni so‘raganligini, shunda A.J uning o‘g‘rilik qilganligini bilganligini, A.J uning taklifiga rozi bo‘lib, buning evaziga 1.000.000 so‘m so‘raganligini, ammo u bunga rozi bo‘lmaganligini va ular biror oshxonada o‘tirib, ovqatlanganda pulini to‘lashga kelishib olishganligini, qishloqdoshi J.I.ning 00 O 000 OO davlat raqamli “Ford” rusumli avtomashina borligini, shu sababli u soat 21:00larda J.I.ga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘ylarni sotayotganligini ma’lum qilib, kerakli manzilga olib borishni so‘raganligini, J.I rozi bo‘lib, avtomashinasi bilan uning uyiga kelganligini, shunda u J.I.ga SH.Z.ga tegishli qo‘ylarni o‘g‘rilaganligini, qo‘ylarni sotib, o‘sha puldan J.I.ga yo‘l kira pulini berishni bildirganligini, J.I rozi bo‘lgach, ikkalasi o‘sha 6 bosh qo‘ylarni J.I.ning avtomashinasiga yuklab,  A.J.ning uyiga borishganligini, A.J bir tanishi keyinchalik bilishicha, U.SH.ga qo‘ng‘iroq qilib, sotiladigan 6 bosh qo‘y borligini, qo‘ylar jiyaniga tegishli ekanligini aytganligini, so‘ng u J.I bilan avtomashinasida qo‘ylarni U.SH.ning qushxonasiga olib borishganligini, yo‘lda u J.I.ga qo‘ylarni sotib, 500.000 so‘m berishni aytganligini, J.I bunga rozi bo‘lganligini, qushxonada U.Sh ular olib borgan 6 bosh qo‘ylarni ko‘rib, kimniki ekanligi va o‘g‘rilangan yoki yo‘qligini so‘raganligini, shunda u qo‘ylar o‘ziga tegishli ekanligini, o‘g‘rilanmagan deb aytganligini, keyin U.Sh 6 bosh qo‘ylarni o‘lchab, jami og‘irligi teng yarmisini go‘sht bahosiga, har bir kg. uchun 40.000 so‘mdan, jami 4.800.000 so‘m hisoblaganligini, u U.SH.dan 4.800.000 so‘m olib, ....... tumaniga qaytishganligini, yo‘lda qaytishda u J.I.ga 500.000 so‘m berganligini, 2019 yil 21 dekabr kuni soat 12larda ....... tuman “.....” MFYda joylashgan “Sayqal” oshxonasida u A.J bilan ovqatlanganligini va shunda kelishilganidek u pulini to‘laganligini, tushlik 180.000 so‘m bo‘lganligini, 2019 yil 22 dekabr kuni soat 09larda u sherigi M.J.ga yordam bergani uchun 500.000 so‘m berganligini, u tanishi M.J.ning 300.000 so‘m qarzidan voz kechganligini va yordam bergani jami 800.000 so‘m bo‘lganligini aytganligini, M.J rozi bo‘lganligini, so‘ng ularning o‘g‘rilik jinoyati fosh bo‘lganligini, u bilan M.J jabrlanuvchi SH.Z.ga yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berishganligini, u A.J,  M.J va J.I.ni oldindan tanishini, U.SH.ni ilgari ko‘rmaganligi va tanimasligini, ular bilan o‘rtalarida kelishmovchilik bo‘lmaganligini, ular qo‘ylarni tashigan “Ford” rusumli avtomashinani J.I boshqarganligini, ammo u avtomashina kimning nomida ekanligini bilmasligini, u bilan M.J hovlidan 6 bosh qo‘ydan boshqa biror narsa olishmaganligini, u ilgari sudlanmaganligini, u moddiy jihatdan qiynalib qolganligi uchun o‘g‘rilik qilganligini, oilaviy sharoiti og‘irligini, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, qilmishidan pushaymon ekanligini, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni so‘rab ko‘rsatuv berdi.

Sudlanuvchi J.M.Usud majlisida, aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, dastlabki tergovdagi ko‘rsatuvlarini to‘liq tasdiqlashini, SH.Sh qo‘shnisi bo‘lishini, SH.Sh bir yil oldin ....... viloyati ...... shahriga ko‘chib ketganligini, qo‘shnisi SH.SH.ning hovlisida ukasi SH.Z 6 bosh hisori zotli qo‘ylarni boqqanligini, 2019 yil 19 dekabr kuni soat 17larda uyi oldida ko‘chada tanishi H.U.ni uchratib, suhbat qilishganligini, shunda H.U unga qo‘shnisi SH.SH.uyidagi qo‘ylarni o‘g‘rilashni aytganligini, o‘sha paytlarda u moddiy jihatdan qiynalib, pulga muhtoj bo‘lib yurganligini, shu sababli H.U.ning taklifiga rozi bo‘lganligini, u ko‘chada biror kishi kelmasligi uchun qarab turishiga, tanishi H.U esa uyga kirib, qo‘yxonadan qo‘ylarni o‘g‘rilab chiqishiga kelishib olishganligini, H.U unga qo‘ylarni sotib, pul berishini ma’lum qilganligini, ertasi kuni, ya’ni 2019 yil 20 dekabr kuni soat 8 larda uning +00-000-00-00 raqamli telefoniga tanishi H.U qo‘ng‘iroq qilib, qo‘shnisi SH.SH.ning uyida biror kishi bor-yo‘qligini bilib berishni so‘raganligini, u H.U qo‘shnisi SH.Sh ......... shahrida yashashi va uyiga kelmasligini, SH.SH.ning ukasi SH.Z uyga har kuni ertalab soat 08 larda, so‘ng 16 va 17:00larda kelib, qo‘ylarga qarab, o‘t va suv berib ketishini bildirganligini, shunda H.U o‘sha kuni kechki payt SH.Z.ning qo‘ylarini o‘g‘rilashni aytganligini, u rozi bo‘lganligini,  2019 yil 20 dekabr kuni soat 16larda tanishi H.U uning uyiga kelganligi va ular SH.Z.ning qo‘ylarini o‘g‘rilashga kelishganliklarini, u tashqarida qarab turishini, H.U esa hovliga kirib, qo‘ylarni o‘g‘rilab ketishi lozim bo‘lganligini, shu kuni soat 20 larda tanishi H.U uyiga kelganligini, u tashqariga chiqib, ko‘cha boshida yon atrofga qarab turganligini, tanishi H.U qo‘shnisi SH.SH.ning hovlisiga devordan oshib o‘tib kirganligini, buni undan boshqa biror kishi ko‘rmaganligini, atrofda hech kim bo‘lmaganligini, agar o‘g‘rilikni biror kishi kelib qolsa, u H.U.ga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishi kerak bo‘lganligini, oradan bir soatlar o‘tib, H.U unga qo‘ng‘iroq qilib, qo‘ylarni olib ketganligini, qo‘ylar uyida ekanligini bildirganligini, so‘ng u H.U.ning uyiga borganligini, shunda H.U unga o‘g‘rilab olgan 6 bosh qo‘ylarni o‘zi sotishini, qo‘ylarni qishloqdoshi J.I.ning “Ford” rusumli avtomashinasida olib ketishini ma’lum qilganligini, keyin u uyiga ketganligini, ertasi kuni, ya’ni 2019 yil 21 dekabr kuni soat 09:00 larda o‘zi yashab kelayotgan qishloqda H.U bilan ko‘rishganligini, shunda H.U unga qo‘ylarni sotganligini, J.I.ga yo‘l kira sifatida 500.000 so‘m berganligini bildirganligini, lekin X.U. qo‘ylarni kimga va necha puldan sotganligini ma’lum qilmaganligini, 2019 yil 22 dekabr kuni soat 10 larda ko‘chada tanishi H.U bilan uchrashganligini, shunda H.U.dan qo‘ylarni o‘g‘rilashda yordam berganligi uchun 500.000 so‘m olganligini va uning 300.000 so‘m qarzidan H.U. voz kechganligini, u rozi bo‘lib, uyiga ketganligini, IIB xodimlari ular sodir etgan fosh qilishganligini, u tanishi H.U.dan olgan 500.000 so‘m pulni IIB xodimlarga taqdim qilganligini, keyinchalik u qo‘ylarni J.I tashishda, A.J. sotishda yordam berganligini bilganligini, o‘g‘rilik qilish fikri H.U.dan chiqqanligini, qilmishidan pushaymon ekanligini, jabrlanuvchi SH.Z.ga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganligini, oilaviy sharoiti og‘irligini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni bildirib ko‘rsatuv berdi.

Jabrlanuvchi SH.Sh sud majlisida unga yetkazilgan zararni H.U va M.J. qoplashganligini, jinoyat oqibatida jami 9.000.000 so‘mlik moddiy zarar to‘liq qoplanganligini, sudlanuvchi H.U va M.J.ga biror da’vosi yo‘qligini, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan qonuniy yengillik berishni bildirib ko‘rsatuv berdi.

Sud, sudlanuvchilar H.U. hamda M.J. larning aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini, muqaddam sudlanmaganligini, oilaviy sharoitini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, sudlanuvchilar H.U. hamda M.J.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 2-qismining “v,g”bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, qilmishiga yarasha va shaxsiga mos jazo tayinladi.

 

N.Sharopov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi  raisi

Kiritildi: 16:05 24.03.2020. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!