Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda Qozog‘iston avtobusi falokatga uchradi

Buxoroda Qozog‘iston avtobusi falokatga uchradi

IIV Buxoroda ag‘darilib ketgan avtobus bo‘yicha rasmiy axborot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, 4 avgust kuni soat 18:30larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 299-kilometrida, Qozog‘iston fuqarosi, Chimkent shahrida yashovchi A.R. Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobusini boshqarib borayotib, noma’lum sabablarga ko‘ra rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada avtobus yo‘l chetiga ag‘darilgan.

“Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yo‘lovchilardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. 10 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan”, - deyiladi xabarda.

Qozog‘iston fuqarosi A.R. boshqaruvidagi Van Hool rusumli, KZ 545 APB 13 davlat raqam belgili avtobus “Olmaota-Nukus” xalqaro yo‘nalishida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirgan.

Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari o‘rganilib, dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 14:09 05.08.2019. O'qildi: 1794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!