Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda qidiruvga berilgan erkak Toshkentda qo‘lga tushdi

Buxoroda qidiruvga berilgan erkak Toshkentda qo‘lga tushdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan F.N.dan undiruvchi X.Q.ning foydasiga ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadlarining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Qorako‘l tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borishga kirishilgan. 

Qarzdor F.N.ning aliment qarzi 17,5 mln. so‘mni tashkil qilganligi bois, mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli davlat idoralariga so‘rov yuborilgan va unga ko‘ra qarzdor nomida mol-mulklar aniqlanmadi.

Qarzdorning oxirgi yashash manzili aniq bo‘lmaganligi bois, unga qidiruv e’lon qilingan. Qidiruv natijasida F.N. Toshkent shahridan topildi.

Qarzdor F.Ndan aliment qarzdorligini undirish imkoni bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 47(4)-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumani sudiga yuborildi. Sud qarori bilan qarzdorga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 17:24 24.03.2021. O'qildi: 2373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!