Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda itni yeyish uchun o‘ldirib, boshini bolalar bog‘chasiga tashlab ketgan shaxsga chora ko‘rildi

Buxoroda itni yeyish uchun o‘ldirib, boshini bolalar bog‘chasiga tashlab ketgan shaxsga chora ko‘rildi

Buxoroda itning boshini uzib, so‘ngra bolalar bog‘chasi hududidagi ariqqa tashlab ketgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyati.

«Buxoroda kechqurun itni o‘zi bilan olib ketib, butalar orasiga sudrab kirib, boshini kesib, so‘ng bolalar bog‘chasi hududidagi sug‘orish ariqchasiga tashlab ketgan shaxs ustidan sud o‘tkazildi. Gumon qilinuvchining kvartirasida hayvon jasadi va qon izi bor pichoqni topgan guvohlar zudlik bilan milisiya va ko‘ngillilarni chaqirgan. Gumonlanuvchi milisiya bo‘limiga olib ketildi», – deyiladi xabarda.

«Mehr va oqibat» jamiyatidan izoh olgach, ma’muriy ish sudga oshirilgan. Sud jarayonida ayblanuvchi mast bo‘lganligini aytib, qilmishi uchun tavba qilgan. Erkak endi itlarni go‘shtini yeyish uchun o‘ldirmaslikka va’da bergan.

Sudya huquqbuzarni BHMning ikki baravari miqdorida jarimaga hukm qildi va shuningdek, yana shunday huquqbuzarlikni sodir etsa unga nisbatan BHMning 5 baravari miqdorida jarima solinishi yoki 15 sutkaga hibsga olinishi haqida ogohlantirdi.

Kiritildi: 23:16 04.06.2021. O'qildi: 3095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!