Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda fermer oqlandi

A A A
Buxoroda fermer oqlandi

Tergov organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 109-moddasi(badanga yengil shikast yetkazish jinoyati), 112-moddasi(o‘ldirish bilan qo‘rqitish jinoyati), 237-moddasi(jinoyat to‘g‘risida yolg‘on xabar berish) hamda 219-moddasi(xokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish jinoyatlari) bilan ayblanib sudga berilgan Olot tumanidagi “Mehmonjon Rustamov” fermer xo‘jaligi rahbari B.Rustamov Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudida oqlandi.

Ish jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining apellyasiya instansiyasida prokuror protesti asosida ish qayta ko‘rib chiqilib, hukm o‘z kuchida qoldirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida “Sudyalarimizning adolatni va qonun ustivorligini ta’minlash borasida oqlov hukmlarini chiqarayotgani hech shubhasiz, sud-huquq soxasidagi eng katta yutug‘imizdir. Men, Prezident sifatida sudyalarning bunday jasorati va qat’iyatini bundan keyin ham to‘liq qo‘llab-quvvatlayman” deya ta’kidlagandi.        

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudining oqlov qarorlari davlatimiz rahbarining ana shu fikrlariga munosib javob bo‘ldi.

Xo‘sh, dastlabki tergov organi nima sababdan fermerni qator jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblagan edi?

Barchasi fermer xo‘jaligi cho‘poni E.I.ning turmush o‘rtog‘i A.S.ning bir bosh ona-bola sigiri yo‘qolganligi to‘g‘risida IIBga g‘arazgo‘ylik niyatida bergan yolg‘on xabaridan boshlanadi.

IIB xodimlari jinoyat yuz bermaganligini sezgan bo‘lsalarda, buni qonuniy yo‘l bilan hal qilish o‘rniga A.S.ning “og‘zini yopib”, undan tezroq va osongina qutilishni o‘ylab, qayerdandir boshqa bir sigir topib, A.S.ga berib, so‘ng uni bu harakatlari uchun siquvga olishadi.

A.S. siquv natijasida yolg‘on xabari va sigirni noqonuniy qo‘lga kiritganligi fosh bo‘lishidan qo‘rqib,bu sigir uniki emasligi, o‘zining sigirini topib berishlarini so‘rabva bunga qo‘shib IIB xodimlarining tazyiq o‘tkazayotganligi to‘g‘risida turli davlat organlariga ariza yozishda davom etadi.

Voqealar rivoji avj oladi.

Shundan so‘ng IIB xodimlari “maxkam bel bog‘lagan holda” qonuniy ravishda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazib, A.S.ning turmush o‘rtog‘i-aslida sigirning haqiqiy egasi bo‘lgan cho‘pon E.I.ni so‘roq qilib, jinoyat yuz bermaganligini-sigir o‘g‘irlanmaganligini aniqlab, A.S.ga Jinoyat kodeksi 237-moddasi(jinoyat haqida yolg‘on xabar berish) bilan ayb e’lonqilishadi.

Cho‘pon E.I.ningfermer B.Rustamov bilan munosabatlari yomonligi uchun“yolg‘on xabar berishni A.S.ga fermer maslahat bergan” - degan taxminiy ko‘rsatuvidan kelib chiqib, IIB xodimlarifermer B.Rustamovga ham A.S.ga sherik sifatida Jinoyat kodeksi 237-moddasi bilan ayb e’lon qilishadi.

Fermer B.Rustamov bunday nohaqlikdan “bosh ko‘targach”, IIB xodimlari fermerning aybini yanada mustaxkamlash maqsadida cho‘pon E.I.ning B.Rustamov bir vaqtlar uni qoramollarni qarovsiz qoldirganligi uchun urganligi va suvga tashlab o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitganligi haqidagi ko‘rsatuvlaridan kelib chiqib, fermerning aybini Jinoyat kodeksi 109-moddasi va 112-moddasi bilan to‘ldirishadi.

IIB xodimlari cho‘pon E.I.ning ko‘rsatuvlari evaziga yordam sifatida unga fermer xo‘jaligining molxonasida turgan, nizoli bo‘lgan 5 bosh qoramollarni olib berish maqsadida “Mehmonjon Rustamov” fermer xo‘jaligining cho‘ldagi molxonasiga borib, bu 5 bosh qoramollarning ishga aloqasi bo‘lmasada noqonuniy ravishda ularni cho‘pon E.I.ga olib berishadi.

Fermerning o‘zmolxonasida o‘tkazilgan noqonuniy tergov harakatiga qarshiligi haqli bo‘lishiga qaramay, B.Rustamovga xokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlikda asossiz Jinoyat kodeksining 219-moddasi bilan ham ayb qo‘yishadi.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov jarayonida to‘plangan dalillar sudda tekshirilganda, fermer B.Rustamovning jinoyat haqida yolg‘on xabar berishda A.S. bilan jinoiy til biriktirganligi isbotlanmadi. A.S. sigiri yo‘qolganligi to‘g‘risida yozgan arizalarini faqatgina o‘z huquqiy ongiga tayanib yozganligini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, IIB xodimlarining “Mehmonjon Rustamov” fermer xo‘jaligining molxonasida o‘tkazgan olib qo‘yish tergov harakati sud qarori bilan noqonuniy deb topilganligi uchun hamda B.Rustamovninng cho‘pon E.I.ni urganligi va uni o‘ldirish bilan qo‘rqitganligi isbotlanmaganligi sababli fermer OQLANDI.

J.Sadirov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi

 

 

Kiritildi: 14:30 25.06.2020. O'qildi: 2463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!