Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroda duv-duv gap: Hokim Karim Kamolov vafot etganmi?

Buxoroda duv-duv gap: Hokim Karim Kamolov vafot etganmi?

Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovning vafot etgani to‘g‘risidagi xabar rad etildi. Bu haqda viloyat hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov ishtirokidagi brifingda ma’lum qilindi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida viloyatda 7 avgust kuni jurnalist va blogerlar uchun matbuot brifingi tashkil etildi.

«Bunday shov-shuvlar o‘rinsiz. Hozirda viloyat rahbari Karim Kamolovning ahvoli yaxshi. Xavotirga o‘rin yo‘q. U yaqin kunlarda to‘liq tuzalib, o‘z faoliyatini davom ettiradi», — dedi hokimi o‘rinbosari Farhod Umarov.

«Daryo» muxbirining yozishicha, 2020 yil 4 avgustdan boshlab viloyat aholisi o‘rtasida «Buxoro hokimi Toshkentdagi shifoxonada vafot etibdi. Ayni paytda sobiq viloyat rahbari O‘ktam Barnoyevning ham ahvoli o‘ta og‘ir ekan. Agar uning ham hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmasa, ikki mutasaddi jasadi bitta samolyot orqali Buxoroga keltirilar ekan» degan shov-shuvli xabarlar tarqalgan.

Viloyat hokimligi mas’ullari esa bu mazmundagi xabarlar 4 avgustdan boshlab tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan, oradan uch kun o‘tgach bunga munosabat bildirgan. O‘tgan fursat davomidagi sukunat odamlarni vahima va xavotirga solishga ulgurgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovda koronavirus tasdiqlangani sababli Toshkentdagi shifoxonada davolanmoqda.

Kiritildi: 12:44 08.08.2020. O'qildi: 6952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!