Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda bir oilaning besh a’zosi - 2 yoshli bola ham is gazidan vafot etdi

Buxoroda bir oilaning besh a’zosi - 2 yoshli bola ham is gazidan vafot etdi

Buxoro viloyati Jondor tumanida bir oilaning barcha a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi.

Viloyat prokuraturasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 5 dekabr kuni soat 15:25larda Jondor tumanidagi «Oxshix» mahalla fuqarolar yig‘ini, Oxshix qishlog‘ida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan N.U.ning xonadonida tunda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida kelib chiqqan is gazidan o‘tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o‘rtog‘i 1988 yilda tug‘ilgan N.T. hamda farzandlari 2011 yilda tug‘ilgan N.O., 2015 yilda tug‘ilgan M.O. va 2020 yilda tug‘ilgan S.O.lar vafot etgan.

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirjon Fayzulloyevning ma’lum qilishicha, oila uyni isitishda elektr pechkadan foydalangan. Bundan tashqari, xonadon suv isitish batareyalari (otopleniYE)ga ulangan bo‘lgan.

«Birlamchi taxminga ko‘ra, xonadonda elektr pechning nosozligi tufayli chaqnash yuzaga kelib, uchqun ko‘rpalarga sachragan. Bir nechta paxtali ko‘rpalarning tutab yonishi oqibatida fojea yuzaga kelgan. Tergov-surishtiruv hamda ekspertiza jarayonlarida holat to‘g‘risida batafsil ma’lumot beramiz», – deydi Mirjon Fayzulloyev.

Ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.

Kiritildi: 11:11 06.12.2022. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!