Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda besh yulduzli «Hyatt Regency» mehmonxonasi ochiladi

Buxoroda besh yulduzli «Hyatt Regency» mehmonxonasi ochiladi

Buxoroda «Valor Hospitality Partners» kompaniyasining besh yulduzli «Hyatt Regency» mehmonxonasi ochiladi.

30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov AQShning «Valor Hospitality Partners» kompaniyasi Boshqaruv raisi Euan Mc Glashan boshchiligidagi delegasiya bilan muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida Aziz Abduhakimov tomonidan mehmonlarga O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari hamda tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, xorijiy hamkor tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar yuqori baholanib, turizm sohasini yanada rivolantirishga doir hamkorlik qilish istagi bildirildi. «Valor Hospitality Partners» kompaniyasi ijrochi direktori Euan Mc Glashan tomonidan O‘zbekistonda Hyatt, Accor, Marriot, Hilton kabi dunyoning yetakchi brend mehmonxonalar tarmog‘ida faoliyat olib boruvchi kadrlar tayyorlovchi ta’lim maskanini ochish bo‘yicha taklif berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar «Valor Hospitality Partners» kompaniyasining mamlakatimizda boshqaruv ofisini tashkil etishga, O‘zbekistonning turizm salohiyatini butun dunyoda targ‘ib qilish hamda Buxoro shahrida «Hyatt Regency» brendi ostida 5 yulduzli mehmonxona tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishib olishdi.

 

Kiritildi: 21:01 31.03.2021. O'qildi: 2765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!