Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda bank xodimlari tabbiy ofatdan jabrlanganlarga ajratilgan foissiz kreditlarni o‘zlashtirib yubordi

Buxoroda bank xodimlari tabbiy ofatdan jabrlanganlarga ajratilgan foissiz kreditlarni o‘zlashtirib yubordi

Gap shundaki, «O‘zsanoatqurilishbank» bosh ofisi xodimi hamda shu bankning «To‘qimachilik» filiali boshqaruvchisi nomida zamonaviy issiqxonalar mavjud bo‘lgan.

Shu yilning aprelida Buxoro viloyatida yuz bergan kuchli shamol va yog‘ingarchilik 141,6 milliard so‘m zarar keltirgan. Shu sabab Prezident ko‘rsatmasi bilan yetkazilgan zararini bartaraf etish maqsadida banklarning foizsiz kredit ajratishi yo‘lga qo‘yilgan.

Garchi viloyatda yuz bergan kuchli dovul oqibatida bu ikki shaxsning mulkiga ziyon yetmagan bo‘lsa-da, ikki bankir o‘zaro til biriktirgan. Avvaliga o‘ziga tegishli issiqxonalarga jiddiy talafot yetgani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlagan. Bu ham yetmagandek, bank kengashini ogohlantirmasdan jami 2 milliard so‘m foizsiz kredit mablag‘larini ajratib, o‘z issiqxonalarining hisob raqamiga ko‘chirgan.

DXX viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining o‘rganishlarida foizsiz kreditlar maqsadli foydalanilmagani ma’lum bo‘ldi. Hozirda ikkala bankirga nisbatan jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatidagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Davlat byudjetidan 164 milliard so‘m ajratilgan.

Kiritildi: 14:26 19.09.2020. O'qildi: 2222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!