Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Buxoroda 9 nafar shaxs muddatidan avval ozod qilindi

A A A
Buxoroda 9 nafar shaxs muddatidan avval ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining insonparvarlik prinsipi jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishda ham namoyon bo‘ladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro tuman sudi raisi N.Jurayev tomonidan tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilib, karantin qoidalariga rioya etilgan holda, jazoni o‘tash tartib-qoidalarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 9 nafar axloq tuzatish va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tayotgan mahkumlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoning o‘talmagan qismidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jazodan ozod bo‘lganliklari munosabati bilan endilikda ularning oilasi bag‘rida, e’lon qilingan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishlari ta’minlandi.

Kechirimlilik xalqimizga xos fazilat. Hukumatimiz tomonidan yo‘ldan adashganlarga imkon berib, jinoyat sodir etgan shaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tushunib yetishiga, tuzalish yuliga kirib, tezroq jamiyatga foydali inson bulib qaytishiga keng imkoniyatlar yaratib berilmokda.

Kiritildi: 17:52 04.05.2020. O'qildi: 2452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!