Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda 7 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

Buxoroda 7 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

2020 yil 27 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudida (sud raisi F.Ikramov) tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilib, karantin qoidalariga rioya etilgan holda, Peshko‘ tuman IIO Probasiya guruhi tomonidan keltirilgan sud hukmi bilan jazo o‘tayotgan 7 nafar mahkumlarning jazosini o‘tashidan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunining insonparvarlik prinsipiga amal qilinib, jazoni o‘tash tartib-qoidalarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 7 nafar axloq tuzatish va ozodlikni cheklash jazolarini o‘tayotgan mahkumlar ya’ni Esanov Burhoniddin Erkin o‘g‘li, Jabborov Dilmurod Mansurovich, Raximov Asror Xalilovich, Baridinov Muhriddin Shamsiddin o‘g‘li, Xolov Ozod Xudoyberdiyevich, Narzullayev Shermat Sharopovich va Asrorov Bahodir To‘lqinovichlarni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 
73-moddasiga asosan jazoning o‘talmagan qismidan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.
Kechirimlilik xalqimizga xos fazilat. Davlatimiz tomonidan yo‘ldan adashganlarga imkon berib, jinoyat sodir etgan shaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tushunib yetishiga, tuzalish yo‘liga kirib, jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lib qaytishiga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

F. Ikramov, Jinoyat ishlari bo‘yicha
Peshko‘ tuman sudi raisi

 

Kiritildi: 14:20 27.05.2020. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!