Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buxoroda 60 kishilik to‘y o‘tkazgan SEOM rahbari aybini tan oldi. Unga qanday jazo beriladi?

A A A
Buxoroda 60 kishilik to‘y o‘tkazgan SEOM rahbari aybini tan oldi. Unga qanday jazo beriladi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ashur To‘xtayev 25 oktyabr kuni o‘g‘lining to‘yini Buxoro shahridagi “Ipak yo‘li” to‘yxonasida o‘tkazgan, marosimda 50 dan ortiq kishi qatnashgan. Mazkur holat yuzasidan rahbarning o‘zi izoh berdi.

Haqiqatan ham, tashkilot rahbari bo‘la turib, xatoga yo‘l qo‘ydim, tan olaman. Aslida 30 kishilik to‘yda qaysi bir yaqiningni taklif qilishni bilmay, halak bo‘lasan, biroq bugungi kun talabi shunday.

Talabga qaramay, to‘yga 50 dan ortiq mehmon keldi. O‘zbekchilik-da, istaymizmi-yo‘qmi, quda tomondan ko‘proq mehmon keldi. Ularga ‘ket’ deb, chiqarib yuborib bo‘lmaydi-ku”, — deydi To‘xtayev.

  •  
  •  
  •  
Kiritildi: 12:17 05.11.2020. O'qildi: 3255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!