Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda 420 ta oilaga arzon uylar topshirildi

Buxoroda 420 ta oilaga arzon uylar topshirildi

Bugun Buxoro shahrida ehtiyojmand oilalar, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar, shuningdek, san’at, madaniyat sohasi xodimlari va faol yoshlardan iborat 420 ta oilaga 10 ta 7 qavatli uy topshirildi.

Ushbu uylar O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida bunyod etilgan.

— Zamonaviy uylarning uzoq muddatli ipoteka krediti asosida taqdim etilgani biz uchun katta qulaylik bo‘ldi,— dedi 3 xonali yangi uyga ko‘chib o‘tgan yosh oila vakili Sanjar O‘rinov.

Nizomovning ma’lum qilishicha, uy-joylar «Qurilishmegatrans», «Prommontajstroy» mas’uliyati cheklangan jamiyati singari bir qator qurilish-montaj korxonalari tomonidan bunyod etilgan. Ularning qurilishiga 102 milliard 600 million so‘m sarflangan. Shundan 12 milliard so‘mdan ortig‘i xonadon sohiblarining dastlabki to‘lov badali va tijorat banklarining kredit mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan.

Kiritildi: 15:53 10.08.2019. O'qildi: 1816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!