Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Buxoro viloyatida «Mayning ferma» fosh etildi

Buxoro viloyatida «Mayning ferma» fosh etildi

Ferma 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

«O‘zenergoinspeksiya» Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 13:21 15.02.2025. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!