Hukumat qarori (402-son, 23.07.2026 y.) bilan Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi.
🔰 Unga ko‘ra, aholi soni va hududi:
🔹 aholi soni o‘sishi - 289,19 ming kishidan hisob davrida - 385,0 ming kishiga;
🔹 shaharning hududi - 7 966,78 gektardan hisob davrida - 11 847,06 gektarga o‘zgaradi.
🏘 Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
🔸 uy-joy fondi umumiy maydoni - 4 456,31 ming kv metrdan hisob davrida - 8 085,0 ming kv metrga;
🔸 uy-joy maydoni bilan ta’minlanish darajasi bir kishiga - 15,4 kv metrdan hisob davrida - 21,0 kv metrga;
🔸 uy-joy fondi qisqarishi hisob davrida - 114,66 kv metrni tashkil qiladi.
⏭️ Aholining ijtimoiy soha ob’ektlariga bo‘lgan talabini amaldagi me’yorlarga moslashtirish maqsadida soha ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda o‘zgaradi:
➖ madaniy, maishiy va kommunal ob’ektlarni aholining ijtimoiy ehtiyojlariga va amaldagi me’yorlarga javob beradigan darajaga yetkazish;
➖ bo‘sh hududlarda mavjud vaziyat bilan birgalikda markazni rivojlantirish, yangi jamoat majmualarini qurish.
🚌 Jamoat transporti, avtomobil yo‘llari va ko‘chalar hisob davrida:
▫️ magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 km dan 203,0 km gacha oshiriladi (birinchi navbatda 155,35 km gacha);
▫️ yiliga yo‘lovchi tashishlar soni bo‘yicha - 163,8 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.