Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

«Buxoro» – «Olimpik» o‘yinidagi hakamlik bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

A A A
«Buxoro» – «Olimpik» o‘yinidagi hakamlik bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi e’lon qilindi

Biroz avval o‘z nihoyasiga yetgan Coca Cola Superliga 19-turi doirasidagi «Buxoro» – «Olimpik» bahsining 100-daqiqasida «Buxoro» jarima maydonchasi ichida mehmonlar a’zosi yiqilgach, uchrashuv bosh hakami Komiljon Rasulov 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Shundan so‘ng, uchrashuv VAR hakamlari uni monitor yoniga chaqirdi va takrorlarni ko‘rib chiqishga chorladi. Bosh hakam esa takrorlardan so‘ng ham qarorini o‘zgartirmagach, penalti baribir belgilandi.

Natijada, o‘yin taqdirini hal qilgan ushbu bahsli vaziyat bo‘yicha Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yig‘ilishi tashkil qilindi va mutaxassislarning umumiy xulosasi olindi. Quyida ushbu xulosa va qarorni e’tiboringizga havola etamiz.

Mazkur vaziyatda birinchi bo‘lib «Buxoro» himoyachisi to‘pga o‘ynagan. Ma’lumki, bu kabi holatlarda garchi raqib futbolchisiga nisbatan biroz qo‘pollik sodir etilsa ham, himoyalanayotgan jamoa a’zosi to‘pga o‘ynagan bo‘lsa, penalti belgilanmaydi. Shu qoidalarga asoslangan holda, ekspertlar bir ovozdan penaltining noto‘g‘ri belgilanganini qayd etishdi.

Mazkur vaziyat ishi O‘FA hakamlar qo‘mitasiga oshirildi va tez orada qo‘mita xulosasi ham taqdim etiladi. Shuningdek, bu holat O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasida ham ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 22:08 10.11.2023. O'qildi: 2869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!