Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi

A A A
Buxoro «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoro 2020 yilda «Islom madaniyati poytaxti» deb e’lon qilingan. Bu haqda kecha, 16 sentyabr kuni Qohira shahrida o‘tgan O‘zbekiston-Misr vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining 9-raundida aytilgan.

Delegasiyalarga O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Misr Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Hani Salim rahbarlik qilgan.

Hozirda geografik jihatdan uzoqligi tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investision hamkorlikning mavjud salohiyati yetarlicha foydalanilmagan. Shu nuqtai nazardan, Hukumatlararo qo‘shma komissiya va O‘zbekiston-Misr ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirishning muhim mexanizmi ekani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2007 yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan edi.

Kiritildi: 09:36 17.09.2019. O'qildi: 4190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!