✔️Tashkilotga raislik O‘zbekistonga o‘tkaziladi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammiti 2027 yil 8–9 oktyabr kunlari Buxoroda, O‘zbekiston raisligida o‘tkaziladi.
Bu haqda MDH bosh kotibi Sergey Lebedev 9 oktyabr kuni Turkmanistonning Avaza hududida ma’lum qildi.
MDHga raislik 2027 yil 1 yanvardan Turkmanistondan O‘zbekistonga o‘tadi. Hozir tashkilotga Turkmaniston raislik qilmoqda.
O‘zbekiston Hamdo‘stlikka ikkinchi marta raislik qiladi. Mamlakat ilk bor 2020 yilda, koronavirus pandemiyasi davrida ushbu vazifani bajargan.