Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar 13 kun davomida tun-u kun navbatchilikka majburlangani haqidagi holat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab direktori Hasanboy Nishonov imzolagan buyruqqa asosan pedagoglar rasmiy dam olish kunlarida ham, ikki smenada navbatchilik qilishga jalb etilgan. Ayrim o‘qituvchilarning aytishicha, bunga rozi bo‘lmaganlar qo‘rqitilgan.
Holat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida, 6 yanvar kuni Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi buyrug‘i bilan 37-maktab direktori vazifasidan ozod etildi.