Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buterbrod sabab oyog‘idan ayrilgan erkakning o‘lishiga bir bahya qoldi

Buterbrod sabab oyog‘idan ayrilgan erkakning o‘lishiga bir bahya qoldi

Shotlandiyaning Bonxill shahrida yashovchi 65 yoshli nafaqaxo‘r Malkolm Uayt buterbroddan tushgan pomidorga sirg‘alib ketib, oyog‘ini yo‘qotdi, deydi “The Mirror” nashri.

Uayt voqea qanday sodir bo‘lganligi haqida girib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rafiqasi Ivonna unga buterbrod tayyorlab bergan.

"Ba’zi sabablar tufayli buterbrod bilan uyga qaytdim. Qo‘limdagi buterbrod ichidan bir dona pomidor  yerga tushdi, men esa unga sirg‘alib ketdim va barmog‘imni plintusga urib oldim", deydi Uayt.

Shundan so‘ng jarohat olgan barmog‘i qora rangga kirgan va nafaqaxo‘r kasalxonaga murojaat qilgan. Shifokorlar unga sinish tashxisini qo‘yishgan, ammo ko‘p o‘tmay qora rang butun oyoq bo‘ylab tarqala boshlagan.

"Keyingi esimda qolgan narsa to‘rt kunlik reanimasiyada yotganimdan so‘ng kasalxonada uyg‘onganim", - deydi Uayt.

Ma’lum bo‘lishicha, shotlandiyalikda jarrohlik yo‘li bilan olib bo‘lmaydigan tromblar hosil bo‘lgan, shuning uchun erkakning oyog‘i kesib tashlangan.

Nafaqaxo‘rning so‘zlariga ko‘ra, operasiyadan keyin uning hayoti juda o‘zgargan. U uydan chiqishni to‘xtatgan va zinadan ko‘tarila olmasligi bois faqat mehmonxonada yashamoqda.

Barcha qilmoqchi bo‘lgan ishlarida esa rafiqasi yordam bermoqda.

 

 

Kiritildi: 22:35 23.09.2020. O'qildi: 2020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!