Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bunyodkor-W o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

Bunyodkor-W o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritdi

12 noyabr kuni futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining 2018 yilgi mavsum so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Toshkentda Sho‘rtanni qabul qilgan Bunyodkor-W g‘alaba evaziga bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Bir tur oldin Qarshining Sevinch klubini mag‘lub etib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan Bunyodkor-W bu turda ham g‘alabaga erishib, ilk marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Sho‘rtanga qarshi uchrashuvda toshkentliklar beshta javobsiz to‘p kiritishdi. Shu tariqa, Bunyodkor o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston chempioni unvoniga ega bo‘ldi.

Shu kunga qadar 12 karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan Sevinch jamoasi esa so‘nggi turda Metallurgni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsada, bu jamoa uchun yetarli bo‘lmadi.

Bunyodkor-W 75 ochko jamg‘argan bo‘lsa, Sevinch 73 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi. 3-o‘rin esa Metallurg-W jamoasiga nasib etdi.

Turon24

Kiritildi: 13:05 13.11.2018. O'qildi: 1180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!