Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini to‘xtatish Yevropadagi energetika inqirozini yanada kuchaytiradi va energiya narxining yanada oshishiga olib keladi. Bu haqda "Germaniya uchun muqobil" partiyasi fraksiyasidan Bundestag deputati, parlamentning energiya va iqlimni muhofaza qilish qo‘mitasi a’zosi Shteffen Kotre ogohlantirdi.
"Tranzitni to‘xtatish butun Yevropa iqtisodiy hududini zaiflashtiradi, energiya narxining yanada oshishiga olib keladi va energiya inqirozini yomonlashtiradi, Yevropa iqtisodiyoti arzon energiya manbai sifatida Rossiya gaziga bog‘liq bo‘lib, uzoq muddatli ta’minot va raqobatbardoshlikni ta’minlaydi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gazi tranzitini to‘xtatish oqibatlari birinchi navbatda Rossiyaga emas, Yevropaga ta’sir qiladi. Steffen Kotre Vengriya, Moldova, Slovakiya va Chexiyaning gaz ta’minoti to‘xtatilishi sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishiga diqqat qaratdi. Deputatning qo‘shimcha qilishicha, tranzitni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror Yevropa mamlakatlariga yetkazib berish xavfsizligini xavf ostiga qo‘yadi va Yevropaning suyultirilgan gazning qimmat importiga qaramligini oshiradi. Uning ta’kidlashicha, "Germaniya uchun muqobil" partiyasi bu qadamni "bir tomonlama va uzoqni ko‘zlamagan" deb hisoblaydi va "Rossiya gazini Yevropaga tez yetkazib berishni" yoqlaydi.
1 yanvar kuni Kiyev tegishli kelishuvni uzaytirishdan bosh tortgani sababli Rossiya gazining Ukraina hududi orqali Yevropaga tranziti butunlay to‘xtatildi. Avvalroq “Gazprom” Ukraina tomonining rad etishi uni ushbu yo‘nalish bo‘ylab yoqilg‘i yetkazib berishning texnik va huquqiy imkoniyatidan mahrum qilgani haqida xabar bergan edi.