Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Buklanuvchan ekranga ega birinchi iPhone 2023 yilda paydo bo‘ladi

Buklanuvchan ekranga ega birinchi iPhone 2023 yilda paydo bo‘ladi

 

Taniqli insayder Min-Chi Kuo Apple’ning egiluvchan ekranga ega smartfoni yaqin bir—ikki yil ichida paydo bo‘lmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, kompaniya bu turdagi qurilma anonsini 2023 yilga rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, buklanuvchan iPhone diagonali 7,5—8 dyuymga teng displeyga ega bo‘ladi. Shu sababli o‘lchami jihatidan u iPad Mini plansheti kabi bo‘ladi.

Hozirda Apple egiluvchan displeylarga oid muammoni yechish ustida ish olib bormoqda — aftidan, gap zamonaviy buklanuvchan smartfonlarda kuzatilayotgan buklanish joyidagi burmalar haqida ketmoqda. Galaxy Z Fold 2’da ushbu burmalar birinchi Galaxy Fold’dan ko‘ra ko‘zga tashlanmaydi.

Shuningdek, katta hajmdagi buklanadigan smartfonni chiqarish uchun ommaviy ishlab chiqarishni boshlash kerak. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali texnologiya narxi ham arzonlashishi kerak, hozirda Galaxy Z Fold 2 «klassik» flagmanlardan ancha qimmat. Mish-mishlarga ko‘ra, Apple Samsung bilan hamkorlik qilmoqda va undan birinchi prototiplar uchun egiluvchan displeylarni buyurtma qilmoqda.

 

Kiritildi: 22:24 07.03.2021. O'qildi: 1849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!