Bo‘ka tumanida yashovchi Muzaffar Kodirov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan ikki nafar farzandini moddiy ta’minlash uchun har oyda aliment pullarini to‘lash kerak bo‘lsada 2017 yil avgust oyidan 2020 yil agust oyiga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan 13.747.602 so‘mni to‘lamasdan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlaganligi aniqlangan.
2020 yil 2 sentyabr Bo‘ka tuman ma’muriy sudi o‘tkazilgan ochiq sud majlisida huquqbuzar Muzaffar Kodirovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47 prim 4-moddasi 1-qismi (Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash) bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.
Mirusmon Giyasov,
Bo‘ka tuman ma’muriy sudi raisi