Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bugungi ob-havo: Yana yomg‘ir va momaqaldiroqdan ehtiyot bo‘ling

Bugungi ob-havo: Yana yomg‘ir va momaqaldiroqdan ehtiyot bo‘ling

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli momaqaldiroq bo‘lishi,bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, ba’zi joylarda 25 daraja issiqqacha bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 07:01 14.05.2020. O'qildi: 3885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!