Bugun 10 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Bugungi kunda respublikada 2148 ta masjid faoliyat yuritmoqda

Bugungi kunda respublikada 2148 ta masjid faoliyat yuritmoqda

Bu haqda 2025 yilda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifingda ma’lumot berildi.

Hisobot davrida 3 ta yangi masjid ro‘yxatdan o‘tdi, 43 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 15 ta masjidda ta’mirlash ishlari yakunlandi;

🔵mutaassiblik, radikal g‘oyalar va ekstremizm ruhidagi axborotlarga qarshi 3411 ta raddiya mazmunidagi materiallar tayyorlanib, tarqatildi;

🔵 1100 ga yaqin nomdagi adabiyotlarni chop etish bo‘yicha murojaatlar yuzasidan ijobiy ekspertlik xulosalari tayyorlanib, ularning nashr etilishiga ruxsat berildi;

🔵Barcha diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy yo‘nalishlari tubdan qayta ko‘rib chiqildi. O‘quv dasturlari takomillashtirilib, 10 ga yaqin yangi fanlar kiritildi.

🔵Ayni paytda respublikamizda 199 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 2025 yilda Navoiy viloyatida 1 ta yangi diniy tashkilot – Rim-katolik cherkovi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi;

🔵2025 yilgi Haj mavsumi va Umra ziyorati yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, 15 000 nafar ziyoratchi Haj amalini bajardi;

🔵“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida ortiqcha byurokratik tartibotlarni bartaraf etish maqsadida “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi.

Kiritildi: 15:18 08.01.2026. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!