Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkentning to‘rt tumani hududida tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Quyidagi hududlarga 18 aprel kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi:
Yunusobod tumani
Olmazor tumani
Shayxontohur tumani
Mirzo Ulug‘bek tumani
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. “Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, — deyiladi xabarda.