Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bugun Shahzodaning tug‘ilgan kuni, u, aslida nechchi yoshda?

A A A
Bugun Shahzodaning tug‘ilgan kuni, u, aslida nechchi yoshda?

Bugun mehribon ona, rafiqa o‘zbek estradasining iste’dodli va maftunkor vakili xonanda Shahzoda o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Shahzoda o‘zbek shou-biznesida eng hushfe’l va hushtabassum xonandalardan biri. Uning nafaqat ijodiy faoliyati, balki shaxsiy hayoti ham doim e’tibor markazida. Xonanda oila va ijodni bir hilda olib boradi. Nozik didli, hushbichim, doim tashqi ko‘rinishi go‘zal tarafga o‘zgarib turadigan ayol desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu kunga qadar barcha qo‘shiqlari va ijod ishlari muxlislari tomonidan yuqori baholanib kelgan xonanda Shahzodani, qo‘shni davlatlarda va yaqin sharqda ham yaxshi tanishadi. U o‘zbek estrada san’atini dunyo miqiyosida tanitishda o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan xonandalardan biri. 

Xonanda Shahzoda, asli ismi Zilola Musayeva Farg‘ona shahrida 1979 yilning 28 iyul sanasida dunyoga kelgan. Otasi Boxodir Musayev – falsafa fanlari doktori, onasi Mirixta Musayeva – rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi. Turmush o‘rtog‘i Yo‘ldoshev Ravshan. Solix va Xolid ismli ikki o‘g‘il farzandi bor.

 

Biz 39 yoshni qarshilib, o‘z tug‘ilgan ayyomini nishonlayotgan xonandaga cheksiz ayollik baxti, ijodiy parvozlar, sog‘liq va oilaviy hotirjamlik tilab qolamiz. 

Ushbu fursatdan foydalanib bugun e’tiboringizga Shahzodaning xonandalik faoliyatida ijro etgan ba’zi taronalarini taqdim etishga qaror qildik. 

Kiritildi: 14:30 28.07.2018. O'qildi: 14985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!