Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bugun Senatda chilim chekish masalasi hal etilishi kutilmoqda

A A A
Bugun Senatda chilim chekish masalasi hal etilishi kutilmoqda

Bugun, 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisi o‘z ishini boshlashi kutilmoqda.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur yalpi majlisda “Ekctremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida“, “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonun loyihalari ma’qullanishi kutilmoqda.

Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida“gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ma’qullanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisida Bosh prokurorning O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti, Ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitilishi nazarda tutilgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 11:42 28.06.2018. O'qildi: 1410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik