Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Bugun qamoqqa olingan bloger Rustam Karim va To‘lqin Astanovga oid sud ishi boshlanadi

Bugun qamoqqa olingan bloger Rustam Karim va To‘lqin Astanovga oid sud ishi  boshlanadi

Rustambek Karimov Abdurashidovich (Rustam Karim) O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244/1-moddasining 1-qismi, ya’ni “Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish” ayblovi bilan dastlabki tergov jarayonida aybladi.

Agarda, Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi ham ushbu ayblovni qo‘llab-quvvatlasa, Rustam Karim ozodlikdan mahrum etish jazosi bilan jazolanadi.

2019 yilning aprel oyida Rustam Karim bilan birga O‘zbekiston Musulmonlari idorasiga borgan, To‘lqin Tashmuradovich Astanov ham aynan Jinoyat kodeksining 244/1-modda tartibida ayblanmoqda.

“Jahon.uz” axborot portalining sud organlaridagi ishonchli manbasidan olgan ma’lumotiga ko‘ra, Rustambek Karimov Abdurashidovich  va To‘lqin Tashmuradovich Astanovga oid 1-10-1907/56-sonli jinoyat ishi yuzasidan Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Orif Allayorovich Qlichev raisligida sud-tergovi o‘tkaziladi.

Kiritildi: 07:00 23.08.2019. O'qildi: 3805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!