Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bugun Marsni yorqinroq ko‘rishingiz mumkin

A A A
Bugun Marsni yorqinroq ko‘rishingiz mumkin

Bugun, 31 iyul kuni Mars sayyorasi yerga 0,39 astronomik birlik, ya’ni 57,8 million km masofaga qadar yaqinlashadi. Bu Marsning oxirgi 15 yildagi Yerga eng yaqin holati hisoblanadi. Shu xususida NASA xabar bermoqda.

Er va Mars o‘rtasida aniqlangan eng yaqin masofa taxminan 55,75 million km tashkil etgan, lekin bu juda kamdan-kam kuzatiladigan holat. Bu ikki sayyora orasidagi bunday yaqin masofani endi 2287 yilda kuzatish mumkin.

Bugun Marsni boshqa kunlardan ko‘ra yorqinroq, hech qanday teleskoplarsiz, o‘z ko‘zingiz bilan kuzating yoki NASAning onlayn translasiyasini tomosha qiling.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 21:22 31.07.2018. O'qildi: 1501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik