Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bugun ikki bokschimiz Rossiyadagi prof boks oqshomida ringga chiqadi

Bugun ikki bokschimiz Rossiyadagi prof boks oqshomida ringga chiqadi

Xabar berganimizdek, bugun Rossiya Federasiyasining Yekaterinburg shahrida RCC Boxing promouterlik kompaniyasi navbatdagi boks oqshomini o‘tkazadi.

Ushbu prof boks oqshomi doirasida ikki nafar hamyurtimiz ham ringga ko‘tariladi.

Ularning biri markaziy jangda ringga chiqadi. Yarimog‘ir vazn toifasida 10 raund etib belgilangan jangda Artur Ziyatdinov rossiyalik Denis Saviskiy bilan to‘qnash keladi.

Markaziy jang. Yarim og‘ir vazn toifasida 10 raundlik: Artur Ziyatdinov - Denis Saviskiy (Rossiya)

Super yengil vazn toifasida 8 raundlik: Jahongir Rasulov - Gor Xachataryan (Rossiya).

Turnir Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Janglarni YouTube platformasidagi RCC Boxing kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kiritildi: 15:21 22.06.2024. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!