Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Bugun Hirosimaga atom bomba tushganiga 75 yil to‘ldi

Bugun Hirosimaga atom bomba tushganiga 75 yil to‘ldi

6 avgust payshanba kuni Yaponiyaning Hirosima shahriga AQSh tomonidan atom bomba tashlanganiga 75 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Hirosimada xotirlash marosimmi bo‘lib o‘tdi va unda mamlakat Bosh Vaziri Sindzo Abe ham qatnashdi.

Odatda ushbu marosimda qatnashish uchun Hirosimadagi Tinchlik Bog‘iga minglab odamlar yig‘iladi. Lekin bu yil koronavirus pandemiyasi tufayli bunday bo‘lmadi. Bog‘ga kirib, xotirlash marosimida qatnashish uchun faqat ushbu portlashda omon qolganlar va ularning oilalarigagina ruxsat berildi.

“1945 yilning 6 avgustida birgina bomba bizning shahrimizni vayron qilgandi. O‘sha paytda bu yerda 75 yil mobaynida hech qanday o‘simlik o‘smasligi haqida mish-mishlar tarqalgandi. Lekin Hirosima tiklandi va tinchlik ramziga aylandi” deydi mayor Kazumi Masuyi.

1945 yilning 6 avgustida ertalabki soat 8:15 da AQShning V-29 harbiy samolyoti “Kichkina bola” deb nomlangan atom bombani 350 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirosimaga tashladi. Natijada, shahar butunlay vayron bo‘ldi va portlashdan omon qolganlarning ko‘plari ham jarohatlardan va radiasiya nurlaridan kelib chiqqan kasalliklardan halok bo‘ldi.

“Millatchilikning kuchayishi Ikkinchi Jahon Urushini keltirib chiqardi va unda atom bombalaridan foydalanildi. Biz endi hech qachon bu qonli o‘tmishning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Fuqarolik jamiyati faqat o‘zining manfaatlari uchun kurashadigan millatchilikni rad etishi va barcha xavf-xatarga qarshi birlashishi kerak” deya qo‘shimcha qilgan mayor Kazumi.

1945 yilning 6 avgustida Hirosimaga atom bomba tashlangan bo‘lsa, 9 avgustga kelib Nagasakiga ham shunday bomba tashlandi. Oqibatda, Nagasakida 75 ming kishi halok bo‘ldi. Shundan olti kun o‘tib Yaponiya mag‘lubiyatni tan oldi va shu bilan Ikkinchi Jahon Urushi tugadi.

Kiritildi: 18:29 06.08.2020. O'qildi: 2284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!