Pit Hegsetning boshqa bayonotlari:
◾️ Yaqin Sharq va Yevropadagi noshukr ittifoqchilarimiz prezident Trampga faqat rahmat aytishi kerak;
◾️ Hozirda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yoki “Basij” rahbari bo‘lish juda xavfli, bu “vaqtinchalik lavozimlar”;
◾️ Biz Eron va uning harbiy infratuzilmasidagi 7000 dan ortiq nishonlarga zarba berdik;
◾️ Ommaviy axborot vositalari haqiqatni buzib ko‘rsatmoqda, yutuqlarimizni kamaytirishga va vaziyatni aslidan yomonroq qilib ko‘rsatishga urinmoqda. Bu boshi berk ko‘cha emas va “abadiy urush” ham emas;
◾️ Biz ishonch bilan g‘alaba qozonyapmiz va urushni o‘z qoidalarimiz asosida olib boryapmiz;
◾️ Eron o‘nlab yillar davomida resurslarini odamlarga emas, balki raketalar, dronlar va proksi kuchlarga sarflagan;
◾️ Bizning imkoniyatlarimiz oshib bormoqda, Eronning imkoniyatlari esa tez sur’atlarda qisqarmoqda;
◾️ Eron hali ham javob berishga urinmoqda, ammo buni to‘liq amalga oshira olmayapti;
◾️ Biz bu amaliyotni kelajak avlod yadroviy qurolga ega Eronga duch kelmasligi uchun qilyapmiz.