Yakshanba kuni Yerga bir hafta davom etadigan juda kuchli magnit bo‘roni uriladi. Ayniqsa, 5, 6 va 11 may kunlari ob-havo ta’siriga sezgir odamlar uchun og‘irroq kechishi mumkin.
Mutaxassislar bu kunlarda jismoniy va ehtiyojsiz hissiy zo‘riqishlardan saqlanishni, shuningdek, ko‘proq suv iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Shuningdek, bundan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
Qolaversa, magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shunday ekan, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish lozim. Ko‘proq ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan banan va boshqa sitrus ne’matlardan iste’mol qilish zarur.