Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

A A A
Bugun ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

"O‘zgidromet" agentligining xabariga ko‘ra, bugun Respublikamizda havo biroz bulutli bo‘ladi kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Qayd etilishicha,

ertaga Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja iliq, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI;
havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zijoylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliqbo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI;
havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduz kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 darajailiq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI;
havo biroz bulutli bo‘ladi kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikdaesadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
QASHQADARYo VILOYATI;
havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 darajailiq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
SURXONDARYo VILOYATI;
havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI;
havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 darajailiq bo‘ladi.
TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLAR;
havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zijoylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Kiritildi: 01:12 04.11.2024. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!