Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasidagi o‘rta bosimli gaz qudug‘ida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari munosabati bilan 22 sentyabr kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
📍 Yakkasaroy tumani — «Shoh-Jahon», «Rakat», «Mukimi», «Rakatboshi», «Tepa», «Belarik», «Konstitusiya», «Muhandislar», «Bobur», «Damarik», «A. Qahhor», «Argumon» va «Boshliq» mahallalaridagi 3 250 ta xonadon.
🏢 Shuningdek, Yakkasaroy tumanidagi 132 ta ulgurji iste’molchining ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
📍 Mirobod tumani — «Baynalmilal», «Yangi Mirobod», «Mirobod» va «Avloniy» mahallalaridagi 1 627 ta xonadon.
🏢 Ulgurji iste’molchilar orasida:
— Mirobod tumani — 71 ta;
— Chilonzor tumani — 5 ta.
Ta’mirlash ishlari yakunlanganidan so‘ng gaz ta’minoti xavfsizlik talablariga rioya qilingan holda bosqichma-bosqich tiklanadi.