Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bu yil test sinovlari qachondan boshlanishni rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Bu yil test sinovlari qachondan boshlanishni rejalashtirilgani ma’lum bo‘ldi

Joriy o‘quv yili uchun 1 mln 146 ming 744 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ular uchun 58 ta bino, stadion va xiyobon imtihon olishga tayyorlanmoqda. Kirish imtihonlari esa 8 avgustdan boshlanishi mumkin. Bu haqda AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda ilk bor 12 ta oliy ta’lim muassasasida masofaviy ta’lim shakli joriy etilib, 6 867 nafar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan) abituriyent masofaviy ta’lim shaklida o‘qish istagini bildirdi. Shuningdek, 585 669 nafar abituriyent kunduzgi, 25 369 nafari kechki, 528 839 nafari sirtqi ta’lim shakli uchun ro‘yxatdan o‘tdi.

Test sinovlarining ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3 500 nafarga yaqin rahbar va pedagog kadrlar guruh nazoratchilari sifatida jalb etish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 14:56 02.08.2022. O'qildi: 2000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!