Serbiya hukumati respublika prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirokidagi yig‘ilishda Chernogoriyadagi 12 kishi, jumladan, ikki bolaning hayotiga zomin bo‘lgan otishma munosabati bilan 5 yanvar kuni mamlakatda motam e’lon qilishga qaror qildi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining e’lon qilingan bayonotida aytiladi.
"Hukumat a’zolari respublika prezidentining taklifiga ko‘ra, Setinyedagi fojia va 12 kishining o‘ldirilishi munosabati bilan 5 yanvar, yakshanbani Serbiyada motam kuni deb e’lon qilishga qaror qildi", — deyiladi hukumat xabarida.
Vuchich Ichki ishlar vazirligi va Xavfsizlik va axborot agentligiga "xavfsizlik nuqtai nazaridan barcha manfaatdor shaxslarni tekshirishni davom ettirish, noqonuniy qurollarni tortib olishni tezlashtirish, shuningdek, qonuniy qurollarni qo‘shimcha tekshirish" so‘rovi bilan murojaat qildi.