Rossiya tomonidan Turkiyaga kim borishini kutyapman, shundan so‘ng Ukraina qanday qadamlar tashlashi kerakligini aniqlayman, deya fikr bildirdi Ukraina prezidenti,
"Ruslarning matbuotdagi ishoralari hozircha ishonarli emas, ammo biz prezident Donald Tramp Turkiyaga borish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida ham eshityapmiz, bu esa eng kuchli dalilga aylanadi. Bu hafta haqiqatan ham ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. Hozircha bu masalalar hal qilinmoqda", — dedi Volodimir Zelenskiy o‘zining kechki murojaatida.