Shu narsani ham tushunib olishlik lozimki, ustoz va ota-ona uchun bolaning jismida asari tushmaydigan darajada urishlik joyizdir. Bugungi kundagi jon-jahdi bilan urishlik odati har qanday jihatdan ham joiz emasdir. Ba’zan bu urishda qon chiqadi, yara bo‘ladi yoki zarba izi tushadi. Bu amal shunchalik ulkan gunohki, Hazrat Hakimul ummat, Mavlono Tahonaviy qoddasallohu sirroh aytar edilar, bu gunohning avf qilinishini qanday yo‘li bor ekanligi hayolimga kelmaydi. Chunki, bu gunohning avfini kimdan so‘rasin? Agar boladan so‘rasa, u holda balog‘atga yetmagan bola avf qilishga ahl emas. Agar balog‘atga yetmagan bola avf qilib ham yuborsa, unda shari’atda uning avf qilishini e’tibori yo‘q. Bu shu darajada xatarli gunohdir. Shuning uchun ustoz va ota-onaga lozimki, bolani yara qiladigan yoki iz tushadigan qilib urmasinlar. Albatta, zaruratga ko‘ra, qachonki, faqat urishdan boshqa chora bo‘lmaganda, majburlik va zarurat yuzasidan urishlikga ruxsat berilgandir. Buning uchun Hazrat Hakimul ummat, Mavlono Tahanoviy rahmatullohi alayh bir ajoyib usulni aytganlar. Ayni shu usulni yod olishlik darkor deb ayta olar edik.
Aytar edilarki, qachonki, ba’zi bolalarni urishlikga zarurat tug‘ilsa yoki unga g‘azab qilishlikga zarurat tushsa, unda g‘azabingiz chiqayotgan vaqtda urmang. Balki, keyin g‘azabingiz bosilganda, sun’iy (yolg‘ondan) g‘azab paydo qilib, nomiga uring. Chunki, agar haqiqiy g‘azab vaqtida ursangiz, u holda haddingizda tura olmaysiz. Balki, haddingizdan oshib ketasiz. Zarurat yuzasidan urishlik kerakligi sababli, sun’iy (yolg‘ondan) g‘azab paydo qilib, nomiga uring. Toki, asl maqsad ham hosil bo‘lsin va haddan oshishlikga ham to‘g‘ri kelmasin.
Yana aytar edilar, men butun umr shunga amal qildimki, haqiqiy g‘azab paytida na birovni urdim va na koyidim. Keyin g‘azab bosilganda, uni chaqirib, haddan oshishlik bo‘lmasligi uchun sun’iy tarzdagi (yolg‘ondan) g‘azab paydo qilib, o‘sha asl maqsadni hosil qilib olar edim. Chunki, g‘azab shunday bir narsaki, ko‘pincha inson unda haddida tura olmaydi.
Manba: azon.uz