Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bryusselda Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikki kunlik sammiti boshlandi

Bryusselda Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikki kunlik sammiti boshlandi

Bryusselda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlarining ikki kunlik sammiti boshlandi. Unda byudjet, energiya narxlari, Rossiya–Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi vaziyat, ittifoqni kengaytirish va migrasiya siyosati muhokama qilinadi.

Evropa kengashi raisi Antoniu Koshta ijtimoiy tarmoqda sammit boshlanganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, uchrashuv «Yagona Yevropa — yagona bozor» kun tartibini muhokama qilishdan boshlanadi.

Evropa parlamenti raisi Roberta Metsola Ukrainaga Rossiya tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar kuchayganini ta’kidlab, Yevropa diqqatini boshqa masalalarga qaratib yubormasligi kerakligini aytdi. U Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va kengaytirish tarafdori ekanini ham bildirdi.

Lyuksemburg bosh vaziri Lyuk Friden esa Yevropa energetik xavfsizligini mustahkamlash uchun energiya manbalarini diversifikasiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqarishni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.

Sammitning birinchi kunida YEIning 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy siyosati, energiya narxlarining oshishi va 2028–2034 yillarga mo‘ljallangan ko‘p yillik moliyaviy dasturi muhokama qilinadi. Shuningdek, ittifoqni yangi a’zolar bilan kengaytirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Sammitning ikkinchi kunida Ukrainadagi vaziyat, G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili, Yaman, Livan, Eron va Suriyadagi so‘nggi voqealar muhokama qilinadi. Uchrashuv migrasiya siyosatiga bag‘ishlangan muhokama bilan yakunlanadi.

Kiritildi: 09:30 16.10.2026. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik