Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Bryussel: "Ukrainaning kelajagi – YEIda"

A A A
Bryussel: "Ukrainaning kelajagi – YEIda"

"Evropa Ittifoqi Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, adolatli tinchlikka erishish va Rossiyani sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortish yo‘lida harakat qiladi", deyiladi Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa Parlamenti raisi Roberta Metsolaning qo‘shma bayonotida. Ular Ukrainani "Evropa oilasining bir qismi" deb atashdi.

Hujjatda Rossiya va uning rahbariyati "bu urush va Ukrainadagi aholiga qarshi sodir etilgan vahshiyliklar uchun to‘liq javobgar" ekani ta’kidlangan.

"Biz barcha harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlik talab qilishda davom etamiz. Ukrainaga qarshi tajovuz jinoyati bo‘yicha maxsus tribunal tuzish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslarni olqishlaymiz", – deyiladi YEI yetakchilari bayonotida.

Koshta, fon der Lyayen va Metsola shuningdek, Kiyev Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha muhim islohotlarni amalga oshirganini qayd etishdi.

Kiritildi: 21:11 24.02.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!