Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Britaniyalik diplomatlar mashinalarini elektromobillarga o‘zgartiradi

Britaniyalik diplomatlar mashinalarini elektromobillarga o‘zgartiradi

Britaniyaning butun dunyodagi diplomatlari atrof-muhitni himoya qilish maqsadida elektromobillarga o‘tish niyatida.

Buyuk Britaniya TIVda 26 dekabr kuni ma’lum qilinishicha, avtoparkni almashtirish diplomatik xizmatni dunyoda eng ekologik toza xizmatga aylantirish dasturining bir qismidir.

Jaguar I-Pace elektr krossoverlari Buyuk Britaniyaning dunyo bo‘ylab — Monreal va Rio-de-Jeneyrodan tortib Yevropa davlatlari poytaxti, Abu-Dabi va Sidneygacha joylashgan umumiy hisobda 30 ta diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi. Elektromashinalar yetkaziladigan shaharlar tezkor quvvatlantirish joylari bilan ham jihozlanadi.

E’lon qilgan rejaga ko‘ra, Buyuk Britaniya TIV 2022 yilga kelib o‘z avtoparkidagi mashinalarning 25 foizini karbonad angidrid ishlab chiqarmaydigan avtomobillar tashkil etadi, 2030 yilga kelib esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetkazish ko‘zlangan.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya TIV o‘z diplomatik vakolatxonalari tomlariga quyosh panellarini o‘rnatishni, shuningdek, plastik stakanlardan foydalanishni butunlay to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 19:15 26.12.2019. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!